Qarshi tumanida shar’iy nikoh asosida yashab kelgan er-xotin 8 kunlik chaqalog‘ini 190 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lib, pulning 45 mln so‘mini olganda ushlandi. Sudda ular bu mablag‘ga uy sotib olmoqchi bo‘lganini aytdi. Erkak 5 yilga qamaldi, ayolga nisbatan 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari davomida rejadan tashqari Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga ham tashrif buyurdi. Hozir muassasa aholini butunlay qamrab ololmaydi. “Ko‘rganlarimdan xulosa qilib, bu yerda yangi shifoxona quramiz”, — dedi prezident.
Qarshi tumanining Mirmiron qishlog‘i fuqarolari kanalda bir necha kun avval bedarak yo‘qolgan 2007 yilda tug‘ilgan bolaning jasadini ko‘rib qolib, suvdan olib chiqdi. Hozirda tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv boshladi, tegishli ekspertiza tayinlandi.
Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi birinchi o‘rinbosari Behzodjon Yusupov Qarshi tumani hokimi etib tayinlandi. Qashqadaryo hokimi tumanning oldingi rahbari Maqsuda Mustafoyeva hokimligi paytida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham to‘xtaldi. «2021 yilning o‘zida yer ajratish bo‘yicha qonunga zid qarorlar tufayli davlatga 6 mlrd so‘m zarar yetkazilgan», — dedi Murotjon Azimov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting